NATO Bosh kotibi Anqara Shvetsiya va Finlyandiya arizalarini ma’qullashiga umid qilmoqda

Olam

image

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish haqidagi arizalarini Turkiya parlamenti imkon qadar tezroq tasdiqlashiga umid qilmoqda. Bu haqda u bugun, 5 noyabr kuni “NTV” telekanaliga bergan intervyusida Turkiyaga uch kunlik tashrifi yakunida ma’lum qildi. Intervyuda ikki shimoliy davlatni NATOga qabul qilish masalasi muhokama qilindi.

“Biz Finlyandiya va Shvetsiyaning Madridda imzolangan memorandum shartlarini bajarganini ko‘rmoqdamiz. Ularning ittifoqqa qo‘shilish vaqti keldi, men Turkiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizalarini imkon qadar tezroq tasdiqlashini kutaman”, degan Stoltenberg.

Uning fikricha, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishidan ittifoqning o‘zi ham, Turkiya ham foyda ko‘radi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an juma kuni Istanbulda NATO Bosh kotibi bilan uchrashuvda Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilish haqidagi arizalarini ma’qullashi ularning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Madrid memorandumi doirasidagi majburiyatlarini bajarishiga bog‘liqligini aytdi.

Joriy yilning may oyida Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Biroq, Turkiya kurd tashkilotlarini terrorchi deb e’lon qilishni, terrorchilikda yoki 2016 yilda mamlakatdagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangan shaxslarni ekstraditsiya qilishni va ularga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashni talab qilib, a’zolik jarayoniga to‘sqinlik qilishga uringan. 

28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Turkiya Prezidenti, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo o‘sha paytda Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson bilan alyans Bosh kotibi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida nomzodlarga NATO a’zoligiga ruxsat beruvchi memorandum imzolandi. Anqara avvalroq Finlyandiya va Shvetsiya bilan imzolangan memorandum yakuniy emasligini va Turkiya parlamenti uni ma’qullamasligi mumkinligini aytgan edi.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing