NATO astoyidil Rossiya bilan urushga kirishga tayyorlanyapti 

Olam

image

Kelgusi yilga kelib NATO javob kuchlari soni 40 000 dan 300 000 gacha ko‘paytiriladi. Ushbu jarayon Rossiya bilan chegarada og‘ir texnika va qurollarni va alyans kuchlarini sharqiy hududlarni himoya qilish uchun oldindan joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg sammitga yetib kelgach, bergan bayonotida aytib o‘tgan.

“Javob kuchlarini kengaytirishga kelsak, men ularni kelgusi yilda tayyor bo‘lishini kutaman. Biz hozir qaror qabul qilamiz va ular keyingi yil tayyor bo‘lishadi, reja shunday. Ushbu kuchlarning xarajatlarini NATO davlatlari to‘laydi va tashkillashtiradi. Har bir mamlakatga o‘zlarining kuchlari joylashtiriladi, lekin ular aniq bir hududni himoya qiladi. Bundan tashqari, ushbu hududlarda ko‘plab og‘ir qurollar va texnikalar joylashtiriladi, shuningdek omborlar tashkil etiladi", deydi alyans Bosh kotibi.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, muayyan hududlarni himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan davlatlar va kuchlar aniqlanadi. 

"Muayyan hududlarni himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus davlatlar va kuchlar aniqlanadi. Masalan, Germaniya hozirda Litvani himoya qilish uchun alohida brigada ajratdi. Boshqa hududlarda ham xuddi shunday bo‘ladi. Maxsus kuchlar belgilangan hududda mashg‘ulotlar o‘tkazadi, mahalliy kuchlar bilan ishlaydi, ularning og‘ir qurollari, omborlari va operatsiyalar uchun zarur bo‘lgan boshqa narsalar oldindan joylashtiriladi”, deydi u.

Stoltenberg, shuningdek Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sammitning ikkinchi kuni boshlanishidan oldin yetakchilarga murojaat qilishini aytgan. 

“Sammitda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha keng qamrovli dastur qabul qilinadi”, deya qo‘shimcha qilgan u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

567

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing