NATO admirali va Xitoy elchisi Ukraina bo‘yicha tortishib qoldi
Olam
−
16 Oktabr 2022
18263Xitoyning Islandiyadagi elchisi Xe Rulong va NATO Harbiy qo‘mitasi raisi admiral Rob Bauer o‘rtasida kecha, 15 oktyabr kuni Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha tortishuv yuzaga keldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rob Bauer Xitoy alyansning “qadriyatlarini hurmat qilmasligini”, shuningdek, “jahon huquqiy tartibiga putur yetkazayotganini” ta’kidladi, Xe Rulong esa admiralga uning nutqi “takabburlikka to‘la” ekanini bildirdi.
Xitoylik diplomatning so‘zlaridan so‘ng admiral undan nima uchun Xitoy uchun suverenitet tamoyili muhimligiga qaramay, Pekin Rossiyani Ukrainada urush boshlagani uchun haligacha qoralamaganini so‘radi.
Bu savolga javoban Xe Rulong rasmiy Pekinning pozitsiyasi kelajakni inobatga olishini bildirdi.
“Xitoyning "Ukraina inqirozi bo‘yicha" pozitsiyasi tarixiy istiqbolni hisobga oladi va dunyo ahli Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarning asosiy sababini tushunishi kerak”, deydi diplomat.
Musulmon Ziyo
LiveBarchasi