“Nasaf” tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda

Jamiyat

image

Ertaga, 11 sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent  yo‘nalishida "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bermoqda. 

“O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining joriy 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 11 sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent  yo‘nalishida 4/3 sonli "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Poyezd 11 sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi. 

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan,  shuningdek,  onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami,  joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf tezyurar poezdi

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar