NASA mutaxassislari “Xabbl” teleskopini qayta ishga tushirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 6 dekabr kuni AQSHning Milliy aeronavtika va koinot agentligi (NASA) jamoasi “Xabbl” kosmik teleskopining tasvirlash spektrografini qaytadan ishga tushirdi va endi u barcha to‘rtta faol asbob bilan birga ilmiy ma’lumotlarni to‘play oladi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun joriy yilning iyun oyida uskuna tizimidagi nosozlik tufayli to‘xtatilgani hamda oktyabr oyida xavfsiz rejimga o‘tkazilgandi.

“Hozirda mutaxassislar asbob dasturiy ta’minotiga kiritilgan o‘zgarishlar ustida ishlash va uni sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda. Ular teleskop kelajakda signal uzatishni sinxronlashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan taqdirda ham ilmiy izlanishlarni davom ettirishga yordam beradi”, deyiladi NASA xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Xabbl” teleskopining koinotga chiqarilganiga chorak asrga yaqin vaqt o‘tdi. U o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni deyarli ado etdi. Hozirgacha teleskop koinotni 1,5 milliondan ortiq tadqiq qildi, ular asosida 18 mingdan ortiq ilmiy ishlar tayyorlandi.

Bundan tashqari, “Xabbl” teleskopi noyob hisoblangan yulduz klasterini suratga olgani ko‘pchilikka ma’lum. Unga ko‘ra, tasvirga olingan kadrda Somon Yo‘li galaktikasidagi yulduzlar to‘plami aks etgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing