NASA koinotning eng yangi suratlarini e’lon qildi
Bu qiziq
−
26 dekabr 2022
14433Fazoviy tadqiqotlarni olib boruvchi NASA tashkiloti koinotning eng yangi suratlarini e’lon qildi. Bu to‘plamda yulduzlar, koinotning chang yo‘llari e’tibor markazida bo‘lgan. Shuningdek, sayyoralarning noodatiy holatlari aks etgan suratlar ham mavjud.
NGS 1365
“NGS 1365” raqami ostidagi koinotning chang yo‘li qizil, olovrang va sariq rangda tuslanishi orqali yangicha ko‘rinishga ega bo‘ldi. Chang yo‘lining kengligi taxminan 200 000 yorug‘lik yili bo‘lib, u yerga yaqin bo‘lgan Fornax yulduz turkumidan 60 million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.
Bir yorug‘lik yili taxminan 9,5 trillion kilometrga teng. Astronomlarning fikricha, “NGS 1365” koinotdagi gaz va changni o‘ziga tortib, markaziy qora tuynukka yo‘naltiradi.
NGS 2359
“NGS 2359” nomidagi chang yo‘li qushning ikki qanotiga o‘xshash shaklga keldi. Kengligi taxminan 30 yorug‘lik yiliga teng bo‘lgan “NGS 2359” chang yo‘li Yer sayyorasidagi eng yaqin Buyuk Overdog yulduz turkumidan taxminan 15 000 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.
“Orion” kosmik kemasi
Suratda “Orion” kosmik kemasining Yer atmosferasiga katta tezlikda kirib kelishi tasvirlangan. Joriy yilnng 11 dekabr sanasida kosmik kema bir soniyada 11 kilometr tezlik bilan harakatlangan. Bu rasm Xitoyning Yunnan shahridan olingan bo‘lib, yndagi eng yorqin yulduz Oy chiqishidan oldingi Mars sayyorasining ko‘rinishidir.
Bu Oymi yoki Mars?
Shu yilning 8 dekabr kuni osmonda to‘lin Oy va Mars sayyorasi bir vaqtning o‘zida quyoshga qarama-qarshi holatda tushib qolgan edi. Buning natijasida Oy Mars rangiga o‘xshash tusga kirdi. Doim ham takrorlanmaydigan bu holat Slovakiya sharqidagi Koshitse shahridan suratga olingan.
Biz birgamiz…
Norvegiyaning Lofoten orolidan olingan bu rasmda osmonning bir vaqtda ikki qismga bo‘linishi kuzatilgan. Ushbu rasm 10 ta landshaft va 10 ta osmon tasviridan iborat bo‘lib, barchasi bir kechada, bir joyda sodip bo‘lgan. Chap tomonda Somon yo‘li galaktikasi, o‘ng tomonda esa ikki yoyli aurora ko‘rinadi. Shu bilan birga Andromeda galaktikasi, Yupiter sayyorasi, Vega yulduzi va Katta Asterizmni tashkil etuvchi yulduzlarni ham ko‘rish mumkin.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi