NASA koinotning eng aniq suratini e’lon qildi

Texnologiya

image

AQSH Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) o‘z veb-saytida Jeyms Uebb teleskopi yordamida ilmiy maqsadlarda olingan kosmosning birinchi suratini namoyish etdi.

AQSH kosmik agentligi bayonotida bu “uzoq koinotning hozirgi kunga qadar eng chuqur va eng aniq infraqizil tasviri” ekanligi aytilgan. NASA rahbari Bill Nelsonning ta’kidlashicha, suratda “koinotning kichik bir qismi” tasvirlangan. 

“Biz 13 milliard yildan ko‘proq vaqt oldinga nazar tashlayapmiz. Yorug‘lik sekundiga 186 000 milya (299 792 458 m / s) tezlikda harakat qiladi va siz ko‘rib turgan kichik nuqtalardan birining yorug‘ligi 13 milliard yildan ko‘proq vaqt davomida harakatlanadi”, deydi Nelson.

NASA direktorining ishontirishicha, teleskop yordamida olinadigan suratlar “sayyoralar atmosferalarining kimyoviy tarkibi” haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, mutaxassislar sayyoralar “hayot uchun mos yoki yo‘qligi” haqida xulosa chiqarishlari mumkin bo‘ladi.

AQSH Prezidenti Jo Bayden teleskopni “koinot tarixiga yangi oyna” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, e’lon qilingan surat “shu derazadan birinchi yorug‘lik ko‘rinishini” ko‘rish imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida, teleskop orbitaga 2021 yil dekabr oyida Ariane 5 raketasi yordamida chiqarilgan. Teleskop NASA, Yevropa kosmik agentligi va Kanada kosmik agentligining qo‘shma loyihasidir.

Rasadxonada diametri 6,5 m bo‘lgan oyna mavjud. Jeyms Uebb yordamida olimlar koinotdagi eng qadimgi yulduzlar va katta portlashdan keyin paydo bo‘lgan galaktikalarni o‘rganadilar, shuningdek yashash uchun yaroqchli potensial sayyoralarni qidiradilar. Uning taxminiy ishlash muddati 10 yil.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

645

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing