NASA 25 yil qurilgan eng qudratli teleskopini kosmosga chiqardi
Olam
−
28 dekabr 2021
6028AQSHning Milliy aeronavtika va koinot agentligining (NASA) Jeyms Uebb kosmik teleskopi joriy yilning 25 dekabr’ kuni soat 7:21 da (Toshkent vaqti bilan 17:21) Fransiya Gvianasidagi Yevropa koinot portida Ariane-5 raketasida uchirildi.
Uning orbitaga parvozi yarim soatdan ozroq davom etdi va muvaffaqiyatli natijani tasdiqlovchi signal Keniyaning Malindi shahridagi yer antennasi tomonidan qabul qilindi. Jeyms Uebb teleskopi Apollon me’morlaridan birining nomi bilan atalgan.Bu haqda “Rambler” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, AQSH, Yevropa va Kanadaning kosmik agentliklari bilan ishlagan muhandislar yangi teleskopni 100 barobar kuchliroq qilishgan. Undagi kattalashtirilgan optika, to‘rtta o‘ta sezgir asboblar astronomlarga koinotga, demakki, o‘tmishga har qachongidan ham chuqurroq qarash imkonini berishi kerak.
So‘nggi 25 yil davomida butun dunyo bo‘ylab minglab odamlar ushbu loyiha ustida ishladilar. Jeyms Uebbning ishga tushirilishi kelgusi olti oy ichida bo‘lib o‘tadigan murakkab voqealar seriyasining boshlanishidir.
“Biz bilamizki, katta quvonch ortida katta xavf bor. Teleskopning asosiy maqsadi13,5 milliard yildan ko‘proq vaqt oldin sodir bo‘lgan katta portlashdan ko‘p o‘tmay shakllangan kashshof yulduzlar davrini o‘rganish bo‘ladi. Aynan shu ob’ektlardagi yadro reaksiyalari natijasida hayot uchun zarur bo‘lgan birinchi og‘ir atomlar: uglerod, azot, kislorod, fosfor va oltingugurt hosil bo‘lgan”, deydi NASA rahbari Bill Nelson.
“Uebb”ning yana bir asosiy maqsadi uzoq sayyoralar atmosferasini o‘rganish bo‘ladi. Bu tadqiqotchilarga o‘zga olamlar yashashga yaroqliligini aniqlashga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Jeyms Uebb infraqizil kenglikda ishlovchi eng kuchli kosmik teleskop bo‘lib, u 20 yildan ortiq vaqt davomida 17 davlat bilan ishlab chiqilgan va qurilgan. Kosmik teleskopning narxi o‘n milliard dollardan oshadi.
Munira Tursunova
LiveBarchasi