“Narziqulov, Abdurahimov, Norboyeva”. Odamlar prezidentlikka nomzodlarni taniydimi?

Jamiyat

Bu yil O‘zbekistonda katta siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Joriy yilning 23 iyulidan Prezident saylovi kampaniyasiga start berildi.

Ko‘p o‘tmay O‘zbekistondagi 5 ta siyosiy partiya esa mazkur prezidentlikka saylov uchun o‘z nomzodlarini e’lon qildi. Bu haqda nafaqat partiyalarning o‘z rasmiy saytida, balki  barcha ommaviy axborot vositalarida xabar qilindi. Nomzodlar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

  • Shavkat Mirziyoyev (Liberal-demokratik partiya)
  • Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi)
  • Maqsuda Vorisova (Xalq demokratik partiyasi)
  • Bahrom Abduhalimov (“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi)
  • Narzullo Oblamurodov (Ekologik partiya)

Bugun odamlar partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan ushbu nomzodlarni qanchalik taniydi? QALAMPIR.UZ mazkur savol yuzasidan aholi orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi. Kimdir partiyalar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlarning hech birini tanimasligini aytsa, yana kimdir ularni yodida qolgancha sanadi. 

Xo‘sh, siz ularni taniysizmi?


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing