Narkologiya markazi ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi

Jamiyat

image

2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolingan holda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantiriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda o‘z aksini topgan.

Belgilab qo‘yilishicha, markaz ixtisoslashtirilgan psixiatrik, tibbiy-psixologik va narkologik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi, ushbu yo‘nalishlarda yuqori texnologik moddiy baza va ilmiy maktabni shakllantiradi. Ruhiy salomatlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni sog‘liqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Shuningdek, markaz hududlardagi ruhiy va narkologiya kasalliklari shifoxonalari va dispanserlari markazning hududiy tashkiliy-metodik bo‘linmalari hisoblanadi. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari tibbiyot oliy, professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari uchun asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritadi.

Shu bilan birga, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish maqsadida quyidagilar tubdan takomillashtiriladi:

  • ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini ko‘rsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;
  • birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlarini integratsiya qilish;
  • ruhiy holati buzilgan shaxslarni dori vositalari bilan ehtiyojga ko‘ra to‘liq ta’minlash;
  • aholi, ayniqsa, bolalar va o‘smir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
  • kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mutaxassislarni munosib rag‘batlantirish va samarali mehnati uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;
  • psixiatriya muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash shular jumlasiga kiradi.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 iyuldan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida hamda psixiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Narkologiya markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar