Narkokurerni “samosud” qilganlar qamaldi
3-sahifa
−
31 may
8032Narkokurerni shafqatsizlarcha kaltaklagan 14 nafar fuqaroga nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilda uch nafar fuqaro 1998 yilda tug‘ilgan erkakni majburan mashinaga joylashtirgan va kimsasiz joyga olib borgan. U yerda 26 yoshli yigit vahshiylarcha kaltaklangan. Uch nafar shaxs holatni video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Gap shundaki, jabrlanuvchi to‘dada narkokurerlik vazifasini bajargan. U giyohvand moddalarni xaridorlarga yetkazib berish o‘rniga katta miqdordagi “qora dori”ni yashirib, boshqa onlayn-kanal orqali sotishni rejalashtirgan.
Telegram-kanal ma’muri o‘g‘rilikdan xabar topib, narkokurerni jazolash uchun 300-500 dollarga yollanma odamlarni yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil oktyabr-noyabr oylarida, shuningdek, 2023 yil yanvar va fevral oylarida jami holatga aloqador 20 nafar fuqaro qo‘lga olingan.
“Joriy yilning 30 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 14 nafar ayblanuvchiga hukm chiqarildi. Bir sudlanuvchiga 6 yil, ikkitasiga 5 yil 6 oy, biriga 5 yil, yana 4 nafar sudlanuvchiga 4 yil 6 oy, olti nafarga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi