“Narxoz”ga 90 yilligini nishonlash uchun 2,3 mlrd so‘m ajratildi

Jamiyat

image

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligini nishonlash uchun homiylar mablag‘lari hisobidan qariyb 2,3 mlrd so‘m ajratilgan. Bu haqda universitet Matbuot xizmati rahbari QALAMPIR.UZʼga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur mablag‘lar universitet 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning yil davomida o‘tkazilishi uchun sarflanadi. Xususan, turli mahalliy va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, kitoblar nashr qilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari, professor-o‘qituvchilar, hamda ichki-xodimlarni rag‘batlantirish, faol talaba-yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash kabi ishlar moliyalashtirishning asosiy qismini tashkil etadi.

Xabarga ko‘ra, harajatlarning eng katta qismi (umumiy xarajatlarning 80 foizi)ni kredit-modul tizimi bo‘yicha 238 nomdagi yangi o‘quv adabiyotni nashrga tayyorlash va chop etish tashkil etadi. 

Shuningdek, “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 90 yoshda” nomli hujjatli film tayyorlash hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yubileyi logotipini ishlab chiqish ham yillik rejaga kiritilgan. 

“Qilinayotgan xarajatlarning barchasi universitetning nufuzini xalqaro darajada oshirish, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, o‘qish uchun qulay muhit yaratish, talabalarning aqliy qobiliyatini oshirish kabi kompleks chora-tadbirlarga qaratilgan", deyiladi universitet Matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing