Narxi qancha kiyimni ayting... Japarovning qimmat kostyumi muhokamaga sabab bo‘ldi

Bu qiziq

image

Qirg‘izistonda Prezident Sadir Japarovning Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga kiyib borgan sport kostyumi keng muhokama qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Prezident egnidagi kostyum “Stefano Ricci” brendiga tegishli. Shimning narxi taxminan 5600 AQSH dollari, bomber — kostyumning yuqori qismi esa 4850 AQSH dollariga teng. Kostyumning umumiy qiymati — 10 450 AQSH dollari.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti avval ham mana shunday qimmat kiyimda ommaga ko‘rinish bergan. O‘sha vaqtda jamoatchilik orasida davlat rahbari qimmat do‘konlardan kiyim xarid qilishi va ularni “aksariyati juda yomon ahvolda yashayotgan xalqqa” ko‘rsatishi kerakmi, degan bahs kelib chiqqan.

Keyinroq Sadir Japarov kiyimlarni Rossiyadagi vatandoshlari berganini aytib chiqqan.

“Kiyimlarni ayolim tanlaydi va xarid qiladi. Biroq keng muhokama qilingan qimmat kiyimlarni esa menga do‘stlarim sovg‘a qilgan. O‘zlari berayotgan bo‘lsa, men qanday bosh tortaman?”, degan edi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari — Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 5 avgust kuni Kaspiy dengizi sohilida norasmiy muhitda uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2457

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing