Haydovchini ikki quti sigaret evaziga blok-postdan o‘tkazgan IIB xodimiga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda stikeri bor avtomobil haydovchisi blok-postdan o‘tish uchun YHXB xodimiga ikki quti sigaret bergani tasvirlangan video tarqaldi. Sirdaryo viloyati IIB mazkur holatga munosabat bildirdi.

Videoda Guliston shahar “Do‘stlik” mahallasining Xondamir ko‘chasidan Guliston shahar markaziga o‘tish joyidagi karantin blok-postida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organi xodimi fuqaroning stikeri borligi haqidagi vajiga qarmasdan karantin blok-postdan o‘tib ketishi uchun 2 quti sigaret olib kelishini so‘ragani ko‘rinadi. Fuqaro sigaret olib kelganidan so‘ng karantin blok-postga xizmatga jalb qilingan Milliy Gvardiya xodimi aytilgan sigaretlarni olib qolib, fuqaroni blok postdan o‘tib ketishiga ruxsat bergan.

Mazkur xolat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Uning natijasida 3 nafar rahbar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilib, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildgan. 1 nafar xodim esa Ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

blok-post

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar