Nargiz Zokirova Moskvada qo‘lga olindi
Olam
−
25 may 2022
91781Kecha, 24 may kuni Toshkentdan Moskvaga borgan xonanda Nargiz Zokirova Domodedovo aeroportida qo‘lga olindi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda rus ommaviy axborot vositalari yozmoqda.
Qayd etilishicha, Nargiz Zokirova joriy yilning aprel oyida Ukrainadagi vaziyat fonida O‘zbekistonga qaytgan. So‘ng Rossiya haqida keskin fikrlar bildirgan.
“Nargiz Zokirova Rossiyaga kiritilmadi. U hozirda Domodedovo aeroportida”, deyiladi xabarda.
Xonanda O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Nargiz Zokirova O‘zbekistonda taniqli musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Uning amakisi mashhur sovet va o‘zbek xonandasi Botir Zokirov.
1995 yilda esa Nargiz Zokirova ota-onasi bilan birgalikda AQSHga ko‘chib ketadi. 2013 yilda u Rossiyaning "Ovoz" (Golos) televizion loyihasida ikkinchi o‘rinni egallaydi, shundan beri u Rossiya Federatsiyasida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib keladi.
LiveBarchasi