Narendra Modi Putinni qimmatbaho kosa bilan siyladi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi yakunida unga o‘zi tug‘ilgan Gujarat shtatida ishlab chiqarilgan uchta aqiq (qizil rangli qimmatbaho tosh) kosa sovg‘a qildi. Bu haqda “Zee News” telekanali xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, qimmatbaho kosalar Hindistonning g‘arbiy shtatida aqiqdan mahsulot tayyorlash an’anasini tavsiflovchi ma’lumot yozilgan ikkita qutida taqdim etilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya Prezidentiga sovg‘a qilingan kosalar Arab dengizi sohilidagi Kambat shahrida tayyorlangan. Bu joyda aqiqdan mahsulotlar yasash an’anasi bir necha ming yillarga borib taqaladi.

Eslatib o‘tamiz, Putin kecha Nyu-Dehlida Narenda Modi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlarining bu uchrashuvi 2021 yil hisobida birinchisi bo‘ldi. Avvalgi ikki tomonlama muzokaralar 2019 yil sentyabr oyida Hindiston Bosh vazirining Vladivostokka tashrifi chog‘ida bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi keyingi suhbat 2019 yil noyabr oyida Braziliyada BRICS sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Yillik sammit pandemiya tufayli 2020 yilda o‘tkazilmadi.

Ma’lumot o‘rnida, virtual sammitlardan tashqari, Putin va Modi 2019 yilning noyabr oyidan beri olti marta telefon orqali muloqot qilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing