“Napoli” prezidenti Xamesning nega transfer qilinmayotganini ma’lum qildi

Sport

image

Kolumbiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning "Napoli" klubiga o‘tishi borasida italyan klubi prezidenti Aurelio De Laurentis OAVga intervyu berdi.

“Hozirgi kunda Xames Ronaldu va Messidan keyin  OAVda eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchi bo‘lib turibdi.

U jamoamiz bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga juda yoqadi va biz ham uni jamoamizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Ammo, "Real" futbolchi uchun biroz haqiqatga yaqinroq baho berishini kutmoqdamiz. Madridliklar kelishuvni paysalga solishmoqda, ular juda ko‘p pul so‘rashyapti. Biroq, Xames “Napoli”ga o‘tishni istayotgani bor gap", deb aytib o‘tgan funksioner.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi oxirgi ikki yil davomida Myunhenning "Bavariya" klubida ijarada to‘p surgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing