“Napoli” himoyachisi “Barselona”ga o‘tishga rozilik bildirdi

Sport

image

Senegal terma jamoasi va “Napoli”ning markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali “Barselona”ga o‘tishga tayyor. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” va “Napoli”ning o‘zaro muzokaralarni yakunlashiga taxminan bir oycha vaqt bor. Himoyachining agenti “Napoli” rahbariyatiga mijozi klub bilan 2023 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qilgan.

Qayd etish joizki, “ko‘k anorranglilar” 30 yoshli himoyachining xaridini amalga oshirish uchun moliyaviy vaziyatni barqaror holatga keltirishi kerak. Aks holda, Kulibali bilan bitim imzolashning imkoni bo‘lmaydi. Albatta, “Barsa”dagi og‘ir iqtisodiy vaziyatni Kulibali ham tushunib turibdi. Shu sababli transfer ishida hech qanday oldinga siljish bo‘lmasa, “Napoli” bilan shartnomasini uzaytirishga va’da berdi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi “Napoli” safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali senegallik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing