Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uchun mahallalarga yiliga 100 mlrd so‘m ajratiladi

Jamiyat

image

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda har yili eng namunali mahallalar tanlab olinib, ularda zamonaviy fitnes ko‘chalarini barpo etish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yurak qon-tomir kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Tadbirda davlat rahbari yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda eng muhim omil sog‘lom turmush tarziga amal qilish ekaniga alohida e’tibor qaratib, viloyat hokimlariga ikkitadan, tuman va shahar hokimlariga bittadan namunali mahallada fitnes ko‘chalarni barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilar bugungi kunda 600 ming nafarga yetgani, ularga piyoda yurgani uchun 18 milliard so‘m to‘lab berilgani ta’kidlab o‘tildi.

Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligiga kelgusi yilda bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytarish va platformadan foydalanuvchilar ko‘lamini yanada kengaytirishga qo‘shimcha 60 milliard so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yurish uchun pul to‘laydigan dasturning masofani haqiqatda bosib o‘tganini tasdiqlovchi mexanizmi tekshirilishi haqida xabar berilgandi.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing