Namoyishlar vaqtida qochgan sobiq Prezident vataniga qaytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Shri-Lankaning sobiq prezidenti, qarorgohi egallab olingan norozilik namoyishlari munosabati bilan mamlakatni tark etgan Gotabaya Rajapaksa orolga qaytdi. Bu haqda “Ada Derana” xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rajapaksa 12 iyul kuni rafiqasi Ioma va ikki xavfsizlik xodimi bilan harbiy samolyotda Maldiv orollariga yetib kelgan. Keyinroq Shri-Lanka havo kuchlari siyosatchining ketishi uchun amaldagi hukumat talabiga binoan harbiy samolyot taqdim etganini tasdiqlagan.

Ikki kundan so‘ng sobiq Prezident Saudiya havo yo‘llari reysi bilan Singapurga yo‘l oldi, deya xabar beradi agentlik. Singapur hukumati uning yashash uchun ruxsatnomasini uzaytirdi, biroq uning muddati 11 avgustda tugadi. Singapur hukumatining tushuntirishicha, Rajapaksa shaxsiy tashrif bilan bo‘lgan va unga boshpana berilmagan. Singapurda bo‘lganida Rajapaksa iste’foga chiqish haqida ariza berdi.

So‘ng sobiq Prezident vaqtinchalik boshpana so‘rab Tailandga uchib ketdi. Tailand Tashqi ishlar vaziri Don Pramudvinaining aniqlik kiritishicha, Rajapaksa diplomatik pasportga ega bo‘lgani uchun Tailandda 90 kun qolishi mumkin.

Shri-Lankadagi tartibsizliklar 9 iyul kuni, namoyishchilar Prezident qarorgohiga bostirib kirib, keyinroq o‘sha paytdagi bosh vazir Ranil Vikramasingening uyiga o‘t qo‘yishi bilan avjiga chiqdi. Namoyishlar iqtisodiy inqiroz tufayli bahorda boshlangandi.

15 iyulda Rajapaksa iste’foga chiqqanidan so‘ng Vikramasinge Prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U davom etayotgan namoyishlar tufayli ikki marta favqulodda holat va komendantlik soati joriy qilgan. Rajapaksa muddati tugamasdan nafaqaga chiqqani sababli, prezident parlament tomonidan saylandi. 20 iyul kuni Vikramasinge nomzodi uchun 225 deputatdan 134 nafari ovoz berdi. U 2024yilgacha, ya’ni mamlakatda yangi xalq saylovlari o‘tkazilgunga qadar lavozimda qoladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing