Namanganning yangi hokimi Bozorov bosh bo‘lgan loyiha qarorini bekor qildi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2020
11794Bugun, 27 sentyabr kuni Namangan viloyatining yangi hokimi Shavkat Abdurazzoqov “Guliston” MFYga borib, aholi vakillari bilan uchrashdi va ushbu hududdagi uylar o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan “Namangan city” loyihasi bo‘yicha qaror bekor qilinganini ma’lum qildi.
Hokim o‘z so‘zida shikoyatlar o‘rganib chiqilganini qayd etib, uybu loyiha bo‘yicha qaror bekor qilingani, uni aholi uylari bo‘lmagan boshqa hududda qurish rejalashtirilgani aytdi. U, aksincha, “Guliston” mahallasini obod qilishga so‘z berdi. Birinchi navbatda yo‘llar ta’mirdan chiqarilishini ta’kidaladi.
Shu kunning o‘zida hokim loyihaga ajratilgan yangi yerni borib ko‘rdi. Hokimlik Matbuot xizmatiga ko‘ra, “Namangan city” loyihasi "Yuksalish" mahallasi hamda "Orzu" kichik sanoat zonasidan To‘raqo‘rg‘on tumaniga olib chiquvchi yangi yo‘l o‘tadigan hududda barpo etiladi.
Yangi quriladigan yo‘l bo‘yida "Smart city" loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oktbyar oyida Namangan viloyatining sobiq hokimi Xayrullo Bozorov hamda “Alqusaier company” bosh direktori Abdul Aziz al-Kusayr tomonidan Namangan shahrida 78 gektar maydonda "Namangan City" ishbilarmonlik markazini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan edi
Ishbilarmonlik markazidan biznes-markaz, zamonaviy savdo majmualari, 3 va 4-5 yulduzli mehmonxonalar, ofislar, konferensiyalar saroyi, ko‘rgazma zallari, turar-joylar va villalar, maktab, bolalar bog‘chasi, restoranlar va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rin olishi aytilgandi.
Loyihani moliyalashtirish to‘laligicha “Alqusaier company” kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LiveBarchasi