Namanganlik dorifurush Toshkentda qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Namanganlik fuqaro o‘z avtomobilida Toshkent shahrida psirxotrop vositalar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga asosan, 18 avgust kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 38 yoshli Namanganlik O.O. boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan. 

Tekshiruv davomida avtomobil salonidan 797 konvalyuta (17.158 ta tabletkalar) “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1 (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing