Namanganlik ayol “xiyonat qiladigan” erini qo‘rqitish uchun bosqinchi yolladi

Jamiyat

image

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 53 yoshli ayol turmush o‘rtog‘ini xiyonat qilayotganlikda gumon qilib, bosqinchi yolladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 aprel kuni soat 1:00 larda To‘raqo‘rg‘on tumani Baxt mahallasida yashovchi 58 yoshli A.O.ning yashash hovlisiga noma’lum shaxslar yuzlariga qora rangli niqob kiygan holda kirib, A.O.ning uxlab yotganidan foydalanib, unga tayoq bilan hujum qiladi. Uni urayotgan vaqtlarida bosqinchilarga A.O. faol qarshilik ko‘rsatadi. Bosqinchilar unga tegishli “Honor note-7” rusumli telefon apparatini olib, hodisa joyidan yashirinadi.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.O.ning turmush o‘rtog‘i 53 yoshli A.M.ning buyurtmasiga asosan, jiyani – 22 yoshli M.N. tanishi B.Sh. bilan sodir qilgani, A.M. turmush o‘rtog‘i ayollar bilan ishqiy munosabatga kirishib, unga xiyonat qilayotgani sababli qo‘rqitib qo‘yish maqsadida buyurtma bergani aniqlanib, M.N.dan “Honor note-7” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1033

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing