Namanganlik ayol 4 yoshli farzandi bilan o‘zini suvga tashladi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 38 yoshli ayol 4 yoshli farzandi bilan o‘zini suvga tashlagan vaqtida qutqarib qolindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 aprel kuni tungi soat 01:20 larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi “Norin” daryosi ustida joylashgan ko‘prik qirg‘og‘iga tushgan notanish ayol farzandi bilan birgalikda o‘zini suvga tashlagan.

Ular ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro A.A. lar tomonidan qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. bo‘lib 2017 yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda suvga tashlagani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

942

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing