Namanganlik ayol 2 nafar farzandini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
31 mart 2021
13677Namangan viloyati Mingbuloq tumanida ayol ikki nafar farzandini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 28 mart kuni, soat 09:30 larda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Sh. ikki nafar (6 va 3 yoshdagi) farzandlarini Mingbuloq tumanidan oqib o‘tuvchi “Sirdaryo” daryosi ustida joylashgan ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘di. Shu vaqtda u ushbu hududda xizmat o‘tayotgan Qo‘riqlash boshqarmasi 2 alohida otryad xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Holat yuzasidan, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB, tuman hokimligi vakillari va oila a’zolariga xabar berilgan.
Hozirda tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
LiveBarchasi