Toshkentda ko‘cha chiroqlari nima sababdan o‘chirilgan edi?
Jamiyat
−
24 aprel 2020
10125Toshkent shahrida chiroqlar o‘chishi kuchli yomg‘irlar va daraxt shoxlari singani sababli kuzatilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Farhod Mahmudxo‘jayev onlayn brifingda ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mavsumiy jala va yomg‘irlardan so‘ng elektr tarmoqlarida ko‘cha chiroqlarida uzilish va qisqa tutashuvlar sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, daraxtlarning singgan shoxlari ham vaziyatni qiyinlashtirgan va tarmoq uzilishi holatlarini ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
“22 aprelda avariya holatlarining aksariyati bartaraf etildi, jumladan, fuqaro murojaati bo‘yicha ham Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘cha chiroqlari ta’mirlangan.
Agar hozirda elektr tarmoqlarida muammolar paydo bo‘lsa, bu iqlim ta’sirida emas, balki texnik sabablarga ko‘ra bo‘ladi. Bunday holatlar shtat rejimida bartaraf etiladi.
Elektr energiyasini tejash uchun ko‘cha chiroqlari o‘chirilmaydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi