Namangandan zardushtiylik davriga oid qadimiy ibodatxona topildi
Jamiyat
−
24 avgust 2022
5774Namangan viloyati Norin tumanida zardushtiylik davriga oid qadimiy ibodatxona aniqlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Akademik Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy jamoa qazish ishlari davomida qadimgi tosh davriga oid, hududda zardushtiylik qarashlari va Islom dinining keng tarqalishi bilan bog‘liq o‘ta noyob topilmalar hamda ibodatxonani kashf qilgan.
“Biz qazishma ishlarini olib borishdan avval tepalik ostida qadimiy hukmdorning qabri va o‘sha davr an’analariga ko‘ra unga qo‘shib ko‘milgan boyliklar bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgandik. Natijalar biz kutgandan ham a’lo bo‘ldi – qo‘lga kiritgan manbalarimizning ilmiy qimmati va ahamiyati beqiyos”, deydi akademik Asqarov.
Qayd etilishicha, olis tarixdan guvohlik beruvchi ko‘hna yodgorlik hududda shaharsozlik, tasviriy san’at, ilmiy-falsafiy dunyoqarash, yozuv madaniyati juda qadimdan rivojlanganligidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, avval ham Norin tumani hududida joylashgan Uchtepa-2 arxeologiya ob’ektidan rohib va rohibalarga tegishli suyak qoldiqlari, 50 dan ortiq o‘choq izlari topilgandi.
LiveBarchasi