Namangandan Buxoroga futbol sabab bir martalik poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Sport

image

Namangan–Buxoro–Namangan yo‘nalishi bo‘yicha bir martalik poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘ajayev o‘z sahifasida ma’lum qildi. 

“Namangan viloyati hokimligi futbol muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida Namangan-Buxoro-Namangan yo‘nalishi bo‘ylab bir martalik poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishga erishdi. O‘zbekiston kubogi finali shunchaki dahshat bo‘lishiga shubha yo‘q”, deb yozdi Imomxo‘jayev.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi final o‘yini 30 oktyabr kuni soat 17:00da Buxoro “Markaziy” stadionida start oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston chempionatida ortda qolgan 22 turdan so‘ng "Nasaf" 45 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Qarshiliklardan ikki ochko kam jamg‘argan "Navbahor" esa 2-pog‘onani band etgan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing