Namangandagi YTHda 5 yashar qizaloq vafot etdi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 aprel kuni soat 18:30 larda, Mingbuloq tumani Jomashuy-Tegirmon-Navbahor yo‘lining 4-kilometrida, “Kichik Jomashuy” MFY ichki yo‘lida Nexia-2 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan.

Oqibatda jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

229

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing