Namangandagi YTHda 4 kishi jarohatlandi. Haydovchilardan biri vafot etgan

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 yanvar kuni soat 11:30 larda Namangan-Andijon yo‘lining 2 kilometrida Namangan tumani “Eshobod” MFY hududida Nexia rusumli avtomobilni Namangan shahar yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, o‘zining yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda

Oqibatda, Cobalt haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobilda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (haydovchining oila a’zolari) bosh miya yopiq shikasti, bosh miyani og‘ir darajada lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Nexia rusumli avtomobil haydovchisi ham tos suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing