Namangandagi maxsus bolalar uyida nogiron qiz kaltaklandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida joylashgan psixofizik rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ixtisoslashtirilgan uyida tarbiyachi bolalardan birini urgani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berdi. 

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Davlatobod hududida joylashgan psixofizik nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun uyida tarbiyachi bo‘lib ishlaydigan xodim shu yerda tarbiyalanuvchi bo‘lgan qizaloqni ovqatlantirayotgan vaqtda unga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Tarbiyachi qizni baqirib ovqatlantirgan hamda qizaloq uxlatayotgan vaqtda uning boshiga urgan.

“Qizimiz tug‘ma nogiron bo‘lib, onasi uni davolanishga yotqizgan. Qizcha bir oy davomida bizda davolandi, barcha davo muolajalarini oldi. Ammo davolanishning so‘nggi bosqichida uning ahvoli og‘irlashdi. Uning mushaklarida tortishish holati kuzatildi. Uning ovqatlanishida va uxlashida muammolar yuzaga kela boshladi. Bu vaziyatda qizni ovqatlantirishga harakat qilayotgan xodimning munosabati biroz qo‘polroq ko‘ringan bo‘lishi mumkin”, deb xodimining tarafini olishga uringan shu maskanning rahbari.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, tergovga qadar tekshiruv tayinlangan. 

Ushbu bolalar uyi xodimlariga esa intizomiy jazo choralari qo‘llangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

392

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing