10 kun avvalgi videoga Namangan IIB munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida tunda mingga yaqin fuqarolar yo‘lni to‘sib harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Ahamiyatlisi 10 kun avvalgi video xuddi endi bo‘lgan holatdek tarqatildi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan izoh berdi

Qayd etilishicha, ushbu hodisa o‘tgan yilning 31 dekabr kuni bayram tadbirlari munosabati bilan Namangan shahrining “Afsonalar vodiysi” istirohat bog‘ida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, viloyatning barcha tumanlaridan  kelgan 1000 ga yaqin fuqarolar istirohat bog‘iga o‘rnatilgan archa atrofida to‘planishgan.

Shundan so‘ng, istirohat bog‘iga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 253 nafar xavfzislik xizmati xodimlari jalb qilingan.

Aytilishicha, videoda tasvirlangan holat huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan fuqarolarni tarqatish jarayonida olingan.

Ta’kidlanishicha, 31 dekabr kuni viloyat hududida hech qanday norozilik chiqishlari, namoyishlar hamda ko‘ngilsiz xolatlar sodir etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4922

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing