Namanganda yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida haydovchi Nexia rusumli avtomashinada yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, joriy yilning 26 iyun kuni soat 08:30 larda, Pop tumanida yashovchi 1946 yilda tug‘ilgan fuqaro Pungon-G‘urumsaroy-Pop yo‘lining 24-kilometrida Nexia rusumli mashinasini boshqarib borayotgan bo‘lgan.

Haydovchi mashina boshqaruvini yo‘qotib, yulni kesib o‘tayotgan piyoda, shu tumanda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 26 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi velosipedni urib yuborishi oqibatida nabira bilan uning bobosi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing