Namanganda yigit va qiz o‘z joniga qasd qildi. Qiz vafot etdi

3-sahifa

image

Namanganda sevishgan yoshlar ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘z joniga qasd qildilar.  Natijada 20 yashar qiz vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Gap shundaki, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, “Uzunqishloq” MFY da yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro I.M. va Kosonsoy tumani, “Bog‘” MFY da yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro (ayol) K.M. bir necha yildan buyon bir-birlariga ko‘ngil qo‘yganlar. Ular ota-onalarining turmush qurishlariga qarshilik qilganidan norozi bo‘lib, ularni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida , o‘z jonlariga qasd qilish maqsadida, dala maydoniga borganlar. O‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab K.M. yaxshi ko‘rgan yigiti I.M.ning qorin qismiga bir marotaba urgan. Keyin pichoqni I.M.ga berib, qorniga urishni so‘ragan va I.M. pichoq bilan K.M. ning qorin qismiga bir marotaba urgan. Aynan shu vaqtda qiz hushidan ketib, yiqilib tushgan va oqibatda pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirib ketgan. 

K.M. olgan tan-jarohati natijasida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. I.M. esa shifoxonaga yotqizilgan. 

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, I.M. va K.M. lar 5 yil davomida o‘zaro sevishib yurganligiga qaramasdan, uni boshqa yigitiga unashtirib qo‘ygan.  Joriy yilning 14 sentyabr kuni I.M.ning sovchilariga qizning otasi rad javobini bergan. 

Shundan so‘ng, 15 sentyabr kuni soat 09:00 larda I.M. va K.M. o‘zaro telefon orqali kelishib, Kosonsoy tuman markazidagi istirohat bog‘i oldida ko‘rishgan. Ular Kosonsoy tuman markazida joylashgan dehqon bozoridan  osh pichog‘ini sotib olgan. Kosonsoy tumani, Takarang MFY, Fitrat ko‘chasida joylashgan “Namuna shirin” fermer xo‘jaligi dala maydoniga borib, ota-onalarini turmush qurishlariga rozi qilish uchun o‘z jonlariga qasd qilishmoqchi bo‘lishgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1052

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing