Namanganda voyaga yetmagan bola kanalda cho‘kib ketdi
Jamiyat
−
22 iyul 2022 6504 1 daqiqa
Namangan viloyatining Chortoq tumanida voyaga yetmagan bola kanalda cho‘kib ketdi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, kanalga o‘zini tashlagan bolakay yuqori bosimda oqayotgan suvda harakatlanishga qiynalgan va cho‘kib ketgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi g‘avvoslari bilan qidiruv ishlari olib borilganda kanalning 3-kilometridan voyaga yetmagan bolaning jasadi topilgan.
Ma’lum qilinishicha, kanalning chuqurligi 5-6 metrni tashkil qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025