Namanganda uy yonishi oqibatida 2 kishi turli darajada kuydi (video)
3-sahifa
−
11 dekabr 2022 5796 1 daqiqa
Bugun, 11 dekabr kuni Namangan viloyatidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat tungi 01:13 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga shahardagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 01:18 da yetib borgan va yong‘in qutqaruvchilar tomonidan soat 01:45 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida uyning shift va tom qismidan 70 kvadrat metr joy hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
Yong‘in vaqtida xonadon egasi 65 foiz, uy egasining o‘g‘li, 2-guruh nogironi 95 foiz darajada kuygan.
Yong‘in gaz va havo aralashmasi tufayli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Xonadon egasi bilan suhbatlashilganda xonani isitish maqsadida qo‘lda yasalgan tunika pechiga gaz surg‘ich o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Shuning uchun xonadoningizni qish mavsumida isitish maqsadida foydalanilayotgan isitish pechlarini belgilangan qoida talablari asosida foydalaning", deyiladi boshqarma xabarida.
Live
Barchasi