Namanganda ukasining jinoyatini ko‘rgan aka ichki ishlarga xabar berdi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida ukasining Nexia-2 rusumli avtomobilni o‘g‘irlab kelganini ko‘rgan aka hudud profilaktika inspektoriga bu haqda xabar berdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ushbu ma’lumotni tasdiqlamoqda.  

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 18:30 da noma’lum shaxs transport vositasini olib qochish maqsadida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani “Beshbuloq” mahallasida bo‘la turib, 30 yoshli fuqaro A.A. tomonidan o‘ziga tegishli Nexia-2 rusumli avtomobilni yashash xonadoni oldida, orqa oynasi ochiq holda qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, qonunga xilof ravishda ushbu avtomobilni noma’lum tomonga olib qochib ketgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur Nexia-2 rusumli avtomobil 41 yoshli fuqaro Yo.M. tomonidan olib qochilgani, u mast holatda avtomobilni boshqarib, o‘zining yashash manziliga olib borib qo‘yganini ko‘rgan Yo.M. ning akasi N.M. o‘zining fuqarolik burchini anglagan holda, darhol hudud profilaktika inspektoriga bu haqda ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yo.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

716

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing