Namanganda suv sporti saroyi foydalanishga topshirildi

Sport

image

Joriy yilning 25 aprel kuni Namangan shahrida “Okean” suv sporti saroyi ochildi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.

“Okean” suv sporti saroyida suzish, suv polosi, sinxron suzish singari suv sportining ko‘plab turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mumkin.

Tantanali marosimda mazkur inshoot bunyodkorlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Q.Rafiqov sport saroyining ramziy kalitini yosh sportchiga topshirdi.

Viloyat san’atkorlari va iste’dotli yoshlar ishtirokidagi konsert dasturi, sportchilarning sinxron suzish, suv polosi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari marosimga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Marosimda Jismoniy tarbiya va sport ishlari vaziri D.Nabiyev, Suv sporti federatsiyasi vitse prezidenti S.G‘ulomov so‘zga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Okean

Baholaganlar

18

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar