Namanganda soxta 10 ming dollarni sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida coxta valyutalarni 6500 AQSH dollariga sotayotgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namanganda fuqaro M.Sh va N.N.da soxta 10 ming AQSH dollari bo‘lgan. Ular ushbu valyutalarini shartli xaridorga 6500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. 

“Soxta valyutalarning muomalasiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida qariyb 20 mln soxta pul yasagan ona-bola va kelin qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 210 mln so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni muomalaga chiqarib yuborgan shaxslar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing