Namanganda noma’lum hayvon go‘shtidan somsa qilmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 29 mart kuni Andijondan Namanganga “Jiguli”da noma’lum hayvonlarning go‘shti olib ketilayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyatining Norin tumanida VAZ-2106 rusumli avtomobil yukxonasida olib kelingan qaysi jonivorga tegishli ekani noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsulotining hajmi 200 kilogrammga teng. Uning orasida ichki a’zolari va tuyoqlar ham bor.

Huquqni muhofaza qilish organi hodimlari go‘shtni Namangan viloyati oziq-ovqat havfsizligi va diagnostika bo‘limiga yetkazib berishgan. Bakteriologik tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari odam iste’moliga yaroqsiz deb topilgan.

Tekshiruv davomida go‘sht mahsulotlari somsa tayyorlash uchun olib ketilayotgani aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari davom ettirilyapti.

 

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

376

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing