Namanganda mudhish YTH: 3 nafar qurbon bor

Jamiyat

image

Namangan viloyatida yengil avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida uch kishi halok bo‘ldai. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 29 avgust kuni soat 17:30 da Uchqo‘rg‘on tumani avtomobilida “Tegirmon” MFY hududidan o‘tuvchi “Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod” yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tumanning “Navro‘z” MFYda yashagan 52 yoshli A.A. Damas avtomobilida “Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod” yo‘lida  ketayotganda boshqaruvni eplay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan vaqtida shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Andijon viloyatida yashovchi 24 yoshli S.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Damas avtomashinasi haydovchisi A.A. jarohat olib voqea joyida, uning ikki nafar yo‘lovchilari esa shifoxonaga olib kelinganida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing