Namanganda maktab o‘quvchilari tovuqlarga zarar yetkazgan itni chinorga osib qo‘ydi (18+)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanida bir guruh maktab o‘quvchilari tovuqlarga zarar yetkazgan itni chinorga osib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 24 may kuni Chortoq tumani “Sohibkor” MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi, Chortoq tumani XTBga qarashli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi H.H. shu mahallada yashovchi 5-sinf o‘quvchisi Z.Sh. bilan birgalikda uydagi tovuqlariga zarar yetkazgan itni dalaga olib borib tashlab kelmoqchi bo‘lgan. Voyaga yetmaganlar shu maqsadda itni o‘zi bilan birga olib ketib, o‘zlari sodir etayotgan harakatlarni huquqiy oqibatini tushunib yetmasdan itni chinor daraxtiga osgan.  

Ushbu holatni Chortoq tumani “Hayrli” MFYda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan I.B. videoga olib, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Sinfdoshlar” guruhiga yuborgan. Joriy yilning 27 may kuni ushbu videoni tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.T. TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan. 

Qayd etilishicha, hozirda videotasvirdagi kuchukning ahvoli yaxshi va itni osib qo‘ygan H.H. tomonidan parvarishlab kelinmoqda. Holat yuzasidan Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilib, aybdor shaxslarni javobgarlik masalasini hal etishlik uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing