Namanganda maktab direktorining farzandlari o‘qituvchi bilan mushtlashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi maktablardan birida o‘quvchilar ishtirokidagi janjal aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur hodisa yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 26 dekabr kuni Namangan shahridagi 17-sonli maktabda yuz bergan. Unda shu maktab direktorining farzandlari (maktab o‘quvchilari emas) bilan o‘qituvchi J.M. o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Hodisa joyiga hudud profilaktika inspektori yetib borib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing