Namanganda mahalla raisi tadbirkorning qariyb 200 mlnini “uxlatdi”
3-sahifa
−
28 fevral 2022
5299Namanganda firibgarlik yo‘li bilan tadbirkorning 118 million so‘m pulini qo‘lga kiritgan Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chust tumani “Yu.” MFY raisi B.S. “G.B.” MCHJ rahbari G‘.ga “Sog‘lomlashtirish va sport markazi” qurish uchun 475 million so‘m subsidiya mablag‘ini olib berishini aytgan. Shundan so‘ng, B.S. tadbirkorga “G.B.” MCHJni subsidiya oluvchi tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatiga kiritilgani haqida soxta hujjatni taqdim etgan. Buning evaziga esa B.S. tadbirkordan 118 million so‘mni olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi