Namanganda “ko‘chat shou” uyushtirgan mansabdorlar lavozimdan ozod qilindi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati Pop tumanida bir qator mutasaddilarning ko‘zbo‘yamachilik uchun ko‘chat ekkani aks etgan video tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni tumanning Sang qishlog‘i “Bog‘ko‘cha” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi boshchiligida Meros ko‘chasida ko‘chat ekish ishlari olib borilgan va aynan mahalla raisining ko‘rsatmasi bilan ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashilgan. 

Ushbu holat yuzasidan Bog‘ko‘cha mahalla raisi Qahramon Ochildiyev, mahalla raisining o‘rinbosari Mansurjon Akbarovga tegishli chora ko‘rilgan va egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan.

Shuningdek, mahallada olib borilgan ko‘chat ekish ishlarini nazoratga olmaganligi uchun tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Erkinjon Asqarovga hayfsan e’lon qilingan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

888

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing