Namanganda kelinini do‘pposlagan qaynotaga jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 63 yashar qaynota kelini bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazdi. Erkak jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar bermoqda. 

Joriy yilning 10 iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z uyida 1986 yilda tug‘ilgan kelini bilan janjallashib qoladi. Tortishuvdan boshlangan janjal mushtlashuvga aylanib, qaynota kelinni urgan va unga tan jarohati yetkazgan. 

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 avgust kuni O‘z.R JKning 109- (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish)moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ushbu moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing