Namanganda kanalizatsiyadan qon oqayotgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati, Chust tumani “Sarimsoqtepa” MFYda kanalizatsiya tarmog‘ida qon oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga “Namangan suv ta’minoti” MCHJ munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, xabar tarqalganidan so‘ng, “Namangan suv ta’minoti” MCHJ tomonidan tezkor surishtiruv o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat tarmoqlardagi tiqilish natijasida kelib chiqqan bo‘lib, joriy yilning 18 fevral kuni aniqlangan hamda Hududiy oqava tozalash bo‘limining Chust filiali tomonidan bartaraf etilgan. 

Bugun, 23 fevral kuni nazoratchi tomonidan vizual tekshiruv o‘tkazilganda, avariya xolati aniqlanmagan.

Shuningdek, oqava tarmoqlarida oqayotgan suvning qizil rangga kirishiga tarmoqqa ulangan tozalash vositalarini ishlab chiqaruvchi fabrikadan chiqqan kimyoviy moddalar sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Ushbu masala yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilib, natijasi ma’lum qilinishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing