Namanganda quloqchin taqib yurgan bolani poyezd urib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Namangan viloyati Davlatobod  tumanidag o‘tgan temir yo‘lda quloqchin taqib yurgan 19 yoshli bolani poyezd urib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 21 mart kuni soat 11:40 larda Namangan shahar Davlatobod tumani Elabod mahallasidan o‘tgan Rovuston-Namangan temir yo‘l oralig‘ini 88 km 6-piketida Qo‘qon lokomativ deposi mashinisti bo‘lib ishlovchi fuqaro Rovuston bekatidan-Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

U kuloqchindan foydalangan holda temir yo‘l izidan ketayotgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Oqibatda jabrlanuvchi bosh miya lat yeyishi, jag‘ suyagini sinishi, o‘ng qo‘li lat yeyishi tashxisi bilan RSHTYOIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyat IIB Transportda XTB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing