Namanganda “IT park” majmuasi tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Namangan viloyatining Namangan shahrida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Namangan shahar A. Xo‘jayev ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar Namangan viloyati hokimligiga bepul berildi.

Mazkur bino va inshootlar negizida “IT park” majmuasi tashkil etiladi hamda unda “IT school” markazi joylashtiriladi.

Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishi axborot texnologiyalari sohasida raqobatdosh mahsulot va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga sharoit yaratishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing