Namanganda guruhlar o‘rtasida katta janjal sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
16 iyun 2022
44786Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Uychi tumanida fuqarolar o‘rtasida katta janjal bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 iyun kuni soat 17:00 da Uychi tumanida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan M.A. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, 1991 yilda tug‘ilgan E.I. bilan ikki kun avvalgi tortishuvni hal qilib olish maqsadida o‘zaro janjallashgan.
Ikki shaxs tomonidan bo‘lgan ikki guruh jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bir-birlarini urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, janjalni bartaraf etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan.
“Janjalda hech qanday o‘q otish quroli qo‘llanilmagan. Aholi o‘rtasida vahima uyg‘otishga sabab bo‘luvchi, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi